Flat Preloader Icon
Obro‘ni saqlab qolish: katta biznesning o‘z timsolini bironta dog‘siz saqlab qolishga urinishiObro‘ni saqlab qolish: katta biznesning o‘z timsolini bironta dog‘siz saqlab qolishga urinishi

Obro‘ni saqlab qolish: katta biznesning o‘z timsolini bironta dog‘siz saqlab qolishga urinishi

Obro‘ kichik kompaniyalar, bozor gigantlari va mashhur shaxslar uchun birdek muhim. Albatta, eng yirik jahon brendlari va yulduzlar obro‘ni himoya qilishning mutlaqo boshqa imkoniyatlari va taktikalariga ega. Ular buni nazoratda qanday ushlab turishi (yoki buni uddalay olmasligi) haqida hikoya qilamiz.


APPLE KINODAGI YOVUZLARGA QARSHI

Prodakt-pleysment – kino sanoati uchun standartga aylangan va e’tiborli tomoshabin filmga aynan qaysi brendlar prodyusserlik qilganini oson bilib oladi. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, mualliflar kinoda nimani va qanday ko‘rsatishidan tashqari, yana nimalarni ko‘rsata olmasligi yuzasidan ham qoidalar mavjud ekan.

Bir necha yil avval “Qinidan chiqqan pichoqlar” (Knives out) detektivining rejissyori Rayan Jonson intervyuda filmda ayfonlardan foydalanilganiga oid kutilmagan holat bilan bo‘lishgandi. Umuman olganda Apple prodakt-pleysmentga qarshlik bildirmaydi, ammo kompaniya o‘z mahsulotlari ekranda yovuz qahramonlar qo‘lida bo‘lishini istamaydi. Jonson bu ma’lumotni ommaga oshkor qilishi mumkin yoki mumkin emasligini bilmasligini tan olgan, Apple esa har qanday izohdan bosh tortgan.

Internet foydalanuvchilari mediadagi misollarni tahlil qilib, aynan shu holat yuzasidan jamoaviy fikrga kelgan: ekranlarda qo‘lida ayfon tutgan salbiy qahramonlar hech qachon ko‘rinmagan. Aytaylik, AQShda mashhur bo‘lgan territorizga qarshi kurashish to‘g‘risidagi “24 soat” serialida ijobiy maxsus agentlar faqat Apple texnikasidan foydalangan, ammo terrorchilar butkul Windows kompyuterlari va Android telefonlarini ishlatgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Apple mahsulotlarini faqat ijobiy tusda tasvirlash kompaniyaning uchinchi tomonlar uchun mo‘ljallangan qonuniy hujjatlarida yozilgan ekan: “mahsulotlar… faqat eng yaxshi tomondan ko‘rsatilishi kerak”. Rayan Jonson “endi har qanday kinodetektivdagi sirni aniqlash oson bo‘ladi: shunchaki qaysi qahramonda ayfon yoki makbuk yo‘qligiga e’tibor berish kerak”, deya hazillashgan.

Obro‘ni saqlab qolish: katta biznesning o‘z timsolini bironta dog‘siz saqlab qolishga urinishi
Rejissyor Rayan Jonsonning tan olishicha, Apple kompaniyasi ayfonlar film va seriallarda faqat ijobiy qahramonlarda bo‘lishini diqqat bilan kuzatadi

ILON MASK VA TEYLOR SVIFT EKOFAOL-TALABAGA QARSHI

Floridalik talaba Jek Suini bir necha yildan buyon ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida badavlat shaxslarning xususiy samolyotlari yo‘nalishlariga oid ma’lumotni joylashtirib keladi. Shu tariqa u karbonat angidrid gazlarining haddan ortiq miqdorda chiqarilishiga e’tiborni jalb qilishga urinadi.

Aksariyat puldorlar Suiniga shunchaki e’tibor bermasdan, samolyotlarda har doimgidek parvoz qilishda davom etishiga qaramay, talabaning faoliyatini yoqtirmaydigan shaxslar ham bor. Masalan, 2022-yilda Ilon Mask Suinining X tarmog‘idagi (sobiq “Twitter”) ElonJet nomli akkaunti taqiqlanishiga erishgan. Ammo talaba ortag chekinmadi: endi u aynan o‘sha axborotni ElonJetNextDay yangi akkauntida joylashtiradi, ammo buni stalkingga oid ayblovlardan (ta’qib, kuzatuv, sezilarsiz e’tibor; ko‘plab mamlakatlarda jinoyat hisoblanadi) qochish uchun bir sutkadan keyin amalga oshiradi.

Yana Suini tufayli aniqlanishicha, xonanda Teylor Svift deyarli har qanday vaziyatda – hattoki nisbatan uzoq bo‘lmagan safarlar uchun ham xususiy samolyotlardan (unda ikkitasi bor) foydalanadi. Faqatgina 2023-yil davomida xonanda 286 ming km masofani bosib o‘tgan (bu Yer atrofini ekvator bo‘ylab yetti marta aylanib chiqishga teng), uning samolyotlari 1200 tonna karbonat angidrid gazini chiqargan – bu o‘rtacha amerikalik tomonidan bir yilda “hosil qilinadigan” miqdordan 83 martaga ko‘proq.

Svift hujumga o‘tdi: uning jamoasi talabaga qarshi “cease and desist” (noqonuniy harakatlar to‘xtatilishini talab qiluvchi yuridik ko‘rsatmalar. – Tah. izohi) jarayonini boshlab, uni stalking va hattoki xarassmentda aybladi. Xonanda qurbon obrazini birinchi marta ijro etayotgan yo‘q: bir tomondan, uning uyiga bir necha marta buzib kirgan haqiqiy ta’qib qiluvchilar mavjud. Boshqa tomondan, Sviftda o‘zini tanqid qilgan yoki hislarini qattiq ranjitgan hammani xarassment yoki ayollarga qarshilikda ayblash odati bor.

Faqat samolyotlarning yo‘nalishi bilan bog‘liq holat boshqacha. Shap shundaki, xususiy samolyotlarning parvozlariga doir ma’lumot qonunga muvofiq shundoq ham omma e’tiboriga havola etiladi, Suini esa shunchaki unga e’tiborni jalb qiladi. Hozircha barcha ekspertlar bir fikrga kelgan: Suini faoliyatini taqiqlash yoki cheklash uchun qonuniy asoslar mavjud emas, va bunda milliarderlarning o‘z obro‘sini oqlashga urinishi nazarda tutilmoqda.

Hozircha bu teskari natija bermoqda: ehtimol, mashhur odamlarning sud da’volari bo‘lmaganida, faol talaba haqida kamroq auditoriya xabar topgan bo‘lardi. Endilikda esa Svift – quyidagi ruhdagi memlar qahramoniga aylandi: “agar Teylor Svift o‘zining xususiy samolyotidagi hojatxonaga borish istasa, unga boshqa xususiy samolyotida uchib boradi”. Maskning ustidan ham hazillar topilgan: xususan, u “Tvitter”ni ataylab Suinini shaxsan taqiqlash uchungina sotib olganiga doir qiziq nazariya tarqalgan.

Obro‘ni saqlab qolish: katta biznesning o‘z timsolini bironta dog‘siz saqlab qolishga urinishi
Mutaxassislarning hisobiga ko‘ra, Teylor Svift faqat bir hafta mobaynida xususiy samolyotida qariyb 8 ming mil parvoz qilishi mumkin, bu taxminan 64 tonna karbonat angidrid chiqarilishini bildiradi

COCA-COLA RAQIBI PEPSI’GA QARSHI

Chamasi, Coca-Cola kompaniyasi rahbariyatini hech narsa ashaddiy dushmani – Pepsi bilan bog‘liq har qanday o‘xshatishlar kabi g‘azablantirmasa kerak. Bu ikki brend o‘zi faoliyatini boshlagan vaqtdan buyon raqobatlashib keladi: ikkala kompaniya XIX asr oxirida tashkil topgan. Biroq, 1970-yillardan boshlab kompaniyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro hujumga kirishgani matbuotda “Kolalar jangi” nomini olgan. Ikki brend marketingda raqobatlashib, aynan bir xil, bevosita raqobatlashuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishdan tashqari, raqibiga nisbatan zidlikni namoyon etishning boshqa usullaridan ham foydalanadi.

Masalan, Coca-Cola sobiq xodimlarining aytishicha, ularga har qanday vaziyatda ham Pepsi ichish taqiqlangan. Bu ishga qabul qilishda imzolanadigan shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lib, shuningdek raqiblarning ichimliklarini hattoki ishdan tashqari vaqtda ham iste’mol qilish mumkin emas.

Bundan tashqari, xodimlarga intervyu berish taqiqlangan – hattoki bu intervyu ishga taalluqli bo‘lmasa va unda Coca-Cola kompaniyasida ishlashlari tilga olinmagan taqdirda ham. 2003-yilda kompaniya xodimi go‘yoki ish joyida Pepsi ichgani uchun haqiqatdan ishdan bo‘shatilgan. Biroq, ishdan bo‘shatilgan xodim va uning hamkasblari boshqa voqeani aytgan: u ishda kasaba uyushmasiga birlashish g‘oyasini haddan tashqari faol ilgari surgan.

1985-yil haqiqatdan Shekspir asariga xos voqea yuz bergan – o‘shanda Coca-Cola kompaniyasida sakkiz yil ishlagan Amanda Bleyk Pepsi xodimi Devid Kronin bilan unashuvi uchun ishdan bo‘shatilgan. Kronin ham avval Coca-Cola’da ishlagan, ammo keyinroq raqiblarga ishga o‘tgan. Kadr xodimlar qizga uch yo‘lni taklif qilgan: kuyovini Pepsi’dan ketishga ko‘ndirish, o‘zi ishdan bo‘shash yoki munosabatlarni uzish. U bosh tortgan va manfaatlar to‘qnashuvi sababli ishdan bo‘shatilgan, so‘ngra Amanda sobiq ish beruvchisi ustidan $600 ming tovon puli uchun sudga murojaat qilgan. Ish “sezilarli summa” bilan sudgacha hal qilingan va 1987-yilda sevishganlar oxir-oqibat nikohdan o‘tgan.

Obro‘ni saqlab qolish: katta biznesning o‘z timsolini bironta dog‘siz saqlab qolishga urinishi
Pepsi va Coca Cola raqobati tarixi – chamasi, jahon brendlari orasida eng mashhur voqeadir

KFC DINIY CHEKLOVLARGA QARSHI

Mashhur KFC fastfud-restoranlari tarmog‘i ko‘p yillardan beri maxsus qovurilgan jo‘ja uchun 11 xil ziravordan iborat maxfiy retseptni sir saqlab keladi. Bir necha yil avval pensioner Jo Leddington retseptning talqinini Chicago Tribune gazetasi bilan bo‘lishgan. Leddingtonning xolasi KFC asoschisi Xarlan Sandersning rafiqasi bo‘lgan va Jon oilaviy arxivda retseptga o‘xshash qaydni topgan. Gazeta muxbirlari tushunarsiz qisqartmalarni o‘qish va retseptni sinab ko‘rishga ma’lum vaqt sarflagan – va, ularning aytishicha, aynan o‘sha ta’mni hosil qilishga erishganlar. Tabiiyki, kompaniyada ushbu topilmaga izoh berishdan bosh tortganlar.

Bu orada, hattoki yangi bozorga chiqish imkoniyati ham KFC kompaniyasiga ilhom bermadi. Xususan, brend ko‘p yillardan buyon Isroildagi faoliyatida muammolarga to‘qnash keladi. Birinchidan, mahalliy qonunchilikka muvofiq yegulik ishlab chiqaruvchilari mahsulotlar borasida shaffof bo‘lishlari shart, chunki foydalanuvchilar uning kosherligiga ishonch hosil qilishlari kerak. Ikkinchidan, kosher taomda go‘sht va sut mahsulotlarini aralashtirish mumkin emas, zero aksariyat fastfud (burgerlar, pitssa va boshqalar) muxlislari uchun aynan shu birikma sevimli hisoblanadi.

McDonald’s jamoasi o‘z xitlarining koshercha muqobillarini yaratish zaruratiga tan bergan bo‘lsa, KFC sinov davridan keyin ishlab chiqilgan muqobil variant kompaniyani qoniqtirmagani va sifatdan voz kechishga tayyor emasligini ma’lum qilgan. An’anaviy qovurilgan jo‘ja ta’mini kutgan xaridorlarga ham o‘zgarishlar ma’qul kelmagan.

Obro‘ni saqlab qolish: katta biznesning o‘z timsolini bironta dog‘siz saqlab qolishga urinishi
Jo Leddington – uning xolasi KFC asoschisi Xarlan Sandersning rafiqasi bo‘lgan va shu sababli Leddington amerikacha qanotchalar qaylasi va ziravorlarining sirli retseptini aniqlagan

LOUIS VUITTON HAMMAGA QARSHI

Moda brendlarining ko‘pincha mualliflik huquqlari buzilishiga qarshi kurashishiga to‘g‘ri keladi: arzon qalbaki mahsulotlar, jozibali nusxalar va boshqalar. Biroq, hech bir brend o‘zining kreativ topilmalari uchun Louis Vuitton singari jiddiy kurash olib bormasa kerak. Kompaniya uning ruxsatisiz logotip, nom yoki boshqa istalgan taniqli atributlardan foydalangan deyarli har kimni tajovuzkorona ta’qib qilgani uchun trademark bully (“bezori-brend”, ing.) nomini olgan. Hozirda brend 18 mingdan ortiq patentga ega.

Xususan, Louis Vuitton kompaniyasining Janubiy Koreyadagi Louis Vuiton Dak nomli tamaddixonaga qarshi sud da’vosi matbuot e’tiborini tortgan. Restoranning nomi – so‘zlar o‘yini hisoblanadi: koreys tilida tongdak – “butun tovuq” ma’nosini anglatadi. Dizayn yaratuvchilari brend nomidan tashqari, uning logotipidan ham foydalangan. Restoran xo‘jayinlari uni qayta nomlangan, ammo brend yangi nomlanish eskisidan deyarli farq qilmasligini ta’kidlashda davom etgan. Xuddi shu tarzda Louis Vuitton tomonidan Louis Vuitton logotiplari fotohududni bezatishda ishlatilgan Krasnodardagi restoranga qarshi sud da’vosi berilgan.

Bundan tashqari, brend qalbaki nusxalarni tarqatgani uchun… Britni Spirs ustidan ham sudga shikoyat qilgan. Spirsning Do Something qo‘shig‘i klipida foydalanilgan pushti rangli “Xammer” avtomobilining boshqaruv paneli Louis Vuitton uslubida bezatilgan. Har xolda, Britnining o‘zi da’vo natijasida hech qanday zarar ko‘rmagan: sud butun javobgarlikni Sony va MTV zimmasiga yuklagan. Kompaniyalar €80 ming jarima to‘lashdan tashqari, klipni Yevropada efirdan olishga majbur bo‘lgan.

Obro‘ni saqlab qolish: katta biznesning o‘z timsolini bironta dog‘siz saqlab qolishga urinishi
Louis Vuitton brendi fransuzcha korporatsiyaning logotipi va hattoki nomidan foydalangan koreys fastud tamaddixonasi bilan sudlashgan

Hamkorlik yangiliklari