Keyingi yillarda shaxmat yo‘nalishida nafaqat O‘zbekiston, balki Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan barcha mamlakatlarda sezilarli o‘sish kuzatilmoqda.
Lekin, har yerda o‘ziga xos jihatlar ham bor. Masalan, Qozog‘istonda jahon reytingi cho‘qqisiga asosan xotin-qizlar ko‘tariladi.
O‘zbekistonda esa aynan erkak o‘yinchilar jiddiy yutuqlarga erisha oldilar. 2021-yilda Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionati tarixidagi eng yosh o‘yinchiga aylanganida bu ko‘pchilikni hayratga solgandi. Hozirda esa O‘zbekiston — shaxmat Olimpiadasi sovrindori, mamlakatimizning biryo‘la to‘rtta grossmeysteri jahon reytingining top-100 taligidan o‘rin olgan. Biroq shaxmat havaskorlari uchun bu ham kam bo‘lib tuyulmoqda! Ishtaha ovqatlanish paytida keladi!
Hammasi Qosimjonovdan boshlandi
O‘zbekistonda esa aynan erkak o‘yinchilar jiddiy yutuqlarga erisha oldilar. 2021-yilda Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionati tarixidagi eng yosh o‘yinchiga aylanganida bu ko‘pchilikni hayratga solgandi. Hozirda esa O‘zbekiston — shaxmat Olimpiadasi sovrindori, mamlakatimizning biryo‘la to‘rtta grossmeysteri jahon reytingining top-100 taligidan o‘rin olgan. Biroq shaxmat havaskorlari uchun bu ham kam bo‘lib tuyulmoqda! Ishtaha ovqatlanish paytida keladi!

Natijada Rustam bosh sovrin — yuz ming dollar va Garri Kasparov bilan uchrashish huquqini qo‘lga kiritgan. U vaqtda Qosimjonov atigi 24 yoshda edi!
Afsuski, Kasparov va Qosimjonov o‘rtasidagi match bo‘lib o‘tmagan. To‘qsoninchi yillar boshida FIDE bilan munosabatlarni uzgan Kasparov turnirdan bosh tortgan. Lekin bu Qosimjonovga o‘z vatanida haqiqiy afsonaga aylanishga va O‘zbekistonning yuksak mukofoti — Amir Temur ordenini olishiga to‘sqinlik qilmadi.
So‘ngra Rustam shaxmat turnirlarini tark etib, juda muvaffaqiyatli sekundant va murabbiyga aylangan. U 2008-yilda jahon chempioni maqomini himoya qilgan Anandning jamoasi a’zosi bo‘lgan, 2018-yilgi jahon chempionatida Magnus Karlsenga qarshi matchda Fabiano Karuanuning sekundanti bo‘lgan. Hozirda u O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi iqtidorli yosh shaxmatchilarni tarbiyalamoqda. Toshkentda esa har yili uning sharafiga nomlangan turnir o‘tkaziladi.
G‘alabalar sari yo‘l
Qosimjonov qaysidir ma’noda peshqadamga aylandi va uning misoli yuqumli bo‘lib chiqdi. Qarabsizki, barchasining iloji bor ekan! Lekin buning uchun asos yaratish zarur edi. Keyingi yillarda mamlakatimiz hukumati aynan shu bilan mashg‘ul bo‘ldi. Asosiy e’tibor, avvalo, ommaviylikka qaratildi. O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi hozirda ikki mingdan ortiq odamni birlashtiradi. Ma’lumot uchun, faqat Toshkentning o‘zida yuzta shaxmat klubi faoliyat yuritadi, respublikada o‘nta xalqaro grossmeyster borligi va ulardan ikki nafari ayol ekanligi — boshlanishi uchun yomon emas.

Bularning barchasi, tabiiyki, o‘z samarasini berdi. 2012-yilda Toshkentda FIDE Gran-prisining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi.
2018-yilda jamoamiz o‘smirlar orasidagi Shaxmat olimpiadasida ajoyib chiqish qildi. To‘qqizta tur davomida yosh o‘zbekistonliklar faqat grossmeyster Xans Nimann (keyinroq o‘ziga xos usulda yordamchi ko‘rsatmalar olganligi bilan “nom qozongan”) ishtirokidagi AQSH jamoasiga mag‘lub bo‘ldilar. Qolgan barcha matchlar jamoamiz g‘alabasi bilan yakunlandi.
Nihoyat, 2022-yilda o‘zbek shaxmatchilarining yutuqlari yanada salmoqlashdi. Chennaydagi (Hindiston) Shaxmat olimpiadasida terma jamoamiz nomidan Abdusattorov, Yoqubboyev, Sindarov va Vohidov ishtirok etishdi. Natijada terma jamoa birorta ham matchni boy bermasdan, faqat uchta o‘yinni durang bilan yakunladi va sakkizta jamoaviy g‘alabaga erishdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sportchilarga shaxsan minnatdorlik bildirdi.

Ajoyib beshlik
Oldinda yangi chaqiriq — yangi Olimpiada kutardi.
Budapeshtdagi turnir arafasida kuchli tarkibda ishtirok etayotgan Fabiano Karuana boshchiligidagi amerikaliklar, kuchli grossmeyster Gukesh Dommarajuga ega hindistonliklar hamda jahon chempioni Din Lijenga ega xitoyliklar peshqadamlar sifatida e’tirof etilgandi.
O‘zbekiston jamoasi o‘z maqomini himoya qilishi zarur edi. Bu vazifani Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov tarkibidagi ajoyib brigada o‘z zimmasiga oldi.
Birinchilikni himoya qilish oson kechmasligi aniq edi — raqiblar o‘tgan yillar davomida yanada kuchaygan edi. Amerikaliklar nomlari va reyting raqamlari bo‘yicha o‘zgacha yorqin ko‘rinardi. Lekin musobaqa davomida ko‘p narsalar o‘zgardi. Xususan, AQSH jamoasi ko‘p jihatdan vaziyat tufayli ikkinchilikni qo‘lga kiritdi. Xitoy ham odatdagidan yomonroq ahvolda edi, ayniqsa, ularning yetakchisi Din Lijen muvozanatni yo‘qotgandek ko‘rinardi.
Bu orada, hindlar jamoasi bor kuchini namoyon etdi. Jahon tojiga da’vogar Gukesh birinchi taxtada o‘ntadan to‘qqiztasini chiqarib, kuzda tarixdagi eng yosh jahon chempioniga aylanishni maqsad qilganini ko‘rsatdi. Erigaysi ham juda ishonchli ko‘rinardi. Shu bois Hindiston jamoasi o‘nta matchni bitta durang bilan yutganiga hayron qolmasa ham bo‘ladi. Faqatgina O‘zbekiston bu jamoa bilan durang o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo uchinchi o‘rin uchun jangda o‘zbek shaxmatchilari qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bilan bo‘lsa-da, xitoyliklardan ustunroq bo‘ldi.

Bu orada Shamsiddin Vohidov ham 6 ta g‘alaba, 4 ta durang va birorta mag‘lubiyatsiz natija bilan to‘rtinchi taxtada individual chiqish uchun oltin medalni qo‘lga kiritib, shu tariqa mavjud 11 ochkodan 8 tasini to‘plashga erishdi. Bu yosh yulduz hali ko‘p natijalarni namoyon etishi mumkin: 2015-yilda u 14 yoshgacha bo‘lgan sportchilar orasida jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi, 2018-yilda rapid bo‘yicha jahon chempionatida Magnus Karlsenni yengdi, 2023-yilda esa Osiyo chempionatida g‘alabaga erishdi va endi shaxmat Olimpiadasida oltinga sazovor bo‘ldi. Undan yangi g‘alabalarni kutib qolamiz!
Iste’dodli Abdusattorov
Shaxmatga oid yangiliklarni yoritib boruvchi barcha jahon OAV Nodirbek Abdusattorov chiqishini Olimpiadaning eng yorqin hodisalardan biri sifatida e’tirof etgan.
Aslida, Varshavadagi birinchilik arafasida uning nomi shaxmat olamida tanilgan edi, jumladan, uni odatda vunderkind deb tilga olardilar. Sakkiz yoshida Nodirbek jahon chempioniga aylangan, to‘qqiz yoshida an’anaviy nazoratli partiyalarda ikkita grossmeyster ustidan g‘alaba qozongan, bu unga 2017-yilda tarixdagi eng yosh grossmeysterlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallash imkonini bergan.
ПRapid bo‘yicha jahon chempionatidagi g‘alaba uni superyulduzga aylantirdi. 17 yoshli Nodirbek tay-breykda Yan Nepomnyashiyni yengib, eng yosh jahon chempioniga aylandi. Uning eng kuchli o‘yinchi va musobaqa yetakchisi Magnus Karlsen bilan partiyasi alohida esda qolardi bo‘ldi. Hamma norvegiyalikning g‘alabasini kutgandi, ammo Nodirbek o‘zinikini qo‘ldan chiqarmadi.
Ayollar ham ilgari odimlamoqda
Ayollar terma jamoasi ham yuqori darajani namoyon etdi. Yakuniy 12-o‘rin — jamoaning avvalgi barcha natijalaridan ancha yaxshi. O‘tgan Olimpiadada O‘zbekiston ayollar jamoasi 31-o‘rinni egallagan edi. Shu bois hali hammasi oldinda, asosiysi, zamin yaratilgan.
“Biz juda kuchli jamoalar bilan matchlarda teppa-teng yoki, hattoki, yaxshiroq kurashdik — deya so‘zladi turnir yakunlari haqida terma jamoaning bosh murabbiysi Aleksey Dreyev. — Mening hech kimga e’tirozim yo‘q, hamma bor kuchi bilan o‘ynadi. Faqat yaxshi tomonlarini aytishim mumkin, axir men ular jismonan qanchalik qiynalganini ko‘rdim. Bu yerda esa hamma baravar kurashishi belgilangan”.
Aytish kerakki, qizlar yaxshi zaminga ega. Noyabr o‘rtasida o‘zbekistonlik o‘n besh yoshli shaxmatchi Afruza Hamdamova qizlar orasida shaxmat bo‘yicha ikki karra jahon chempioniga aylandi. Braziliyada bo‘lib o‘tgan 16 yoshgacha qizlar orasidagi FIDE jahon chempionatida u mavjud o‘n ochkodan to‘qqiz yarim ochko to‘plab, hayratlanarli o‘yinni namoyish etdi. Bu g‘alaba uning faoliyatidagi ikkinchi yirik yutuqdir. O‘tgan yili yosh shaxmatchi qiz 14 yoshgacha toifada jahon chempioni maqomiga erishgan edi.
Reytinda birinchi o‘rinni kutmoqdamiz
Tabiiyki, o‘zbek shaxmatchilarining hali intilishi kerak bo‘lgan marralari bor. Lekin muhimi, aniq mo‘ljallar belgilangan va ularni ko‘rish mumkin. Ma’lumki, 2026-yilda O‘zbekistonda — Toshkentda va Samarqandda 46-shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
“Agar biz Olimpiadada g‘olib bo‘lgan terma jamoani tarbiyalashni uddalagan bo‘lsak, demak, nimanidir to‘g‘ri bajaryapmiz, — degandi avvalroq Rustam Qosimjonov o‘z intervyusida. — Bizda kuchli bolalar sporti, bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi ko‘psonli maktablar bor. Ko‘pincha kuchli o‘yin ko‘rsatadigan tug‘ma iste’dodlar paydo bo‘ladi. Bugungi kunda biz qo‘lga kirita olmagan yutuq — sportchilarimiz orasida kimdir reyting-listdan o‘rin olmaganidir. Bu biz hali erishmagan keyingi marra”.
Fikrimizcha, tez orada bu marraga erishishga harakat qilamiz.