Flat Preloader Icon
#7 (14) / 2024#7 (14) / 2024
31 Yanvar 2025

#7 (14) / 2024

#7 (14) / 2024

Biznes odatda natijalarni raqamlarda umumlashtiradi. Reja necha foizga bajarildi, soliq to‘lovlari yopilgandan keyingi foyda qancha bo‘ldi, mijozlar bazasi qanday ko‘lamda… Dunyodagi har qanday tadbirkor tushunadigan raqamlar tili mana shudir (darvoqe, bu omil bilan professional sportning xalqaro harakatida umumiylik bor). Noshirlar ham tadbirkorlar yoki boshqa har qanday sohalardagi kabi raqamlarga tayanadi. Tahririyat natijalarini raqamlar bilan ham umumlashtirish mumkin.

Hisobimizga ko‘ra, 2024-yilda Saber Publisher jurnallari uchun 550 tadan ziyod maqola yozildi, 125 ta intervyu olindi, shu bilan birga 62 ta fotosessiya tashkil etildi. Yil davomida necha finjon qahva ichildi, telegramdagi ish bo‘yicha chatlar muhokamalarga to‘lib toshdi, ba’zan chop etishga tayyor jurnal sahifalariga so‘nggi lahzalarda tuzatishlar kiritildi — bularni hatto ko‘z oldimizga keltirishga ham qo‘rqamiz.

Ma’lum bo‘lishicha, dunyoda media va biznes bilan bog‘liq yanada hayratlanarli raqamlar mavjud. Misol uchun, har yili dunyo bo‘ylab 2,5 millionga yaqin jurnal turli tillarda nashr etiladi, shuningdek, tadqiqotlarga ko‘ra, jurnal o‘quvchilari har daqiqada 50 nusxada bosma mahsulot sotib olishadi.

O‘zbekistonga keladigan bo‘lsak, media iste’mol bozori ham raqamlar tilida gapiradi. Misol uchun, 2023-yilda onlayn reklama ulushi 45 foizga o‘sdi, ammo bosma nashrlar hamon muhim o‘rinni egallab turibdi, auditoriyaning 73 foizi jurnaldagi materiallar ko‘proq esda qolishini hamda bosma nashrlar o‘z nufuzini saqlab qolayotganini tan olishadi.

Raqamlar, albatta, o‘zgarishlar ko‘lamini tushunishga yordam beradi. Ammo har bir raqamning ortida inson omili turibdi: ijodkor qalamkashlar, tahrirlovchilar hamda suratga oluvchilar. Yangi kelayotgan yilda siz azizlarni yanada ko‘proq ruhlantirishga, turli hayot hikoyalarini yoritishga hamda eng so‘nggi g‘oyalarni baham ko‘rishga va’da beramiz. Biz bilan hamnafas bo‘lganingiz uchun tashakkur!

Hamkorlik yangiliklari